IIV Sirdaryo akademik litseyida rahbarlar va o‘quvchi-yoshlar ishtirokida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.

👮‍♂️ Unda Sirdaryo viloyati IIV boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ma’naviy-marifiy ishlar va kadrlar bilan taminlash xizmati boshlig’i podpolkovnik Nasimov Ozod Botir o‘g‘li hamda IIV SHXBB Sirdaryo viloyati bo’yicha boshqarmasi boshlig’i podpolkovnik Qosimov O‘tkirbek Soyibjonovich ishtirok etdilar.

🗣 Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq suhbat o‘tkazilib, ularning qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi. Shuningdek, ichki ishlar organlarida xizmat qilishning mas’uliyati, vatanparvarlik, qonunlarga hurmat hamda halollik tamoyillari haqida muhim fikrlar bildirildi.

🎯 Tadbir davomida o‘quvchilarga kelajakda to‘g‘ri kasb tanlash, o‘z ustida ishlash va yuksak maqsadlar sari intilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *