Yurtimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va ommaviy sportni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda hududlarda turli sog‘lomlashtirish tadbirlari muntazam tashkil etib kelinmoqda.
Joriy yilning 18-aprel kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida “Sport – sog‘lom xalq, sog‘lom jamiyatning tayanchi va ustunidir” shiori ostida “5 000 qadam” yurish marafoni hamda ommaviy badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi.


Tadbirda litsey o‘quvchilari va pedagog-o‘qituvchilari faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda sport orqali sog‘lom hayot kechirish g‘oyalarini amalda namoyon etdilar.
Mazkur tadbir yoshlarning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, ularni sportga keng jalb etish hamda ijobiy hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qildi.
Sog‘lom turmush – farovon hayot garovi!



