Joriy yilning 16-aprel sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyining bir qator iqtidorli o‘quvchilari chet tillari bo‘yicha milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritib, yana bir bor yuksak natijalarga erishdilar.
✨ Ushbu quvonchli yutuq — o‘quvchilarning bilimga chanqoqligi, tinimsiz mehnati hamda ustoz-shogird an’analarining yorqin ifodasidir. Har bir sertifikat ortida ustozlarning fidokorona mehnati va o‘quvchilarning qat’iyati mujassam.
👏 Mazkur muvaffaqiyat munosabati bilan litsey rahbariyati barcha ustozlar va o‘quvchilarni samimiy muborakbod etadi!
🚀 Sizlarning bu yutuqlaringiz litsey nufuzini yanada yuksaltirib, yangi marralar sari dadil qadam tashlashga ilhom bag‘ishlaydi.
🌟 Barchangizga kelgusida ulkan zafarlar, yuksak natijalar va porloq kelajak tilaymiz!







