Joriy yilning 14-aprel sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyida “Tillarni o‘rganish” kafedrasi boshlig‘i Malika Mansurova tomonidan 2-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida bayon yozish ishlari tashkil etildi.

🎯 Mazkur jarayon o‘quvchilarning yozma nutq ko‘nikmalarini aniqlash, fikrni mantiqiy va izchil bayon etish darajasini baholash hamda imtihonlarga tayyorgarlik holatini tahlil qilishga qaratildi.

📊 Bayonlar tekshirilgach, o‘quvchilarning yozma ishlari batafsil o‘rganilib, imlo, punktuatsiya va uslubiy xatolar yuzasidan tahlil olib borildi.

📌 Tahlil natijalariga ko‘ra, o‘quvchilarning bilimini mustahkamlash, yozma nutq madaniyatini rivojlantirish hamda imtihonlarda yuqori natijalarga erishishlari uchun amaliy va metodik tavsiyalar berildi.

✨ Mazkur tahliliy ishlar ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarning muvaffaqiyatli natijalarga erishishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *