Joriy yilning 14-aprel sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyida “Tillarni o‘rganish” kafedrasi boshlig‘i Malika Mansurova tomonidan “Nutq madaniyati va nutq texnikasi” mavzusida noan’anaviy dars tashkil etildi.
🎯 Mashg‘ulot zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida olib borilib, o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida interfaol metodlardan keng foydalanildi.
👥 O‘quvchilar guruhlarga bo‘linib:
▪️ “So‘z turkumini to‘g‘ri aniqlash”
▪️ “Savolsiz boshqotirma”
▪️ “Tingla va top”
▪️ “Rasm asosida matn yaratish”
kabi topshiriqlarni bajarishdi.
🧠 Ushbu metodlar o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyasi, mantiqiy fikrlashi va ijodiy yondashuvini rivojlantirishga xizmat qildi.
🏆 Mashg‘ulot yakunida guruhlar faoliyati baholanib, 3-guruh eng yuqori natijani qo‘lga kiritdi.
✨ Mazkur dars o‘quvchilarning nutq madaniyati, kommunikativ ko‘nikmalari va jamoada ishlash malakalarini rivojlantirishda samarali tajriba bo‘ldi.




