Joriy yilning 20-aprel sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyida Nordik International University professor-o‘qituvchilari ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

🎯 Mazkur uchrashuv ta’lim sifatini oshirish hamda o‘quvchilarning kelajakdagi kasbiy yo‘nalishini to‘g‘ri tanlashlariga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazildi.

👨‍🎓 Tadbirda litseyning 2-bosqich o‘quvchilari faol ishtirok etib, universitetning zamonaviy imkoniyatlari, xalqaro ta’lim muhiti, qabul jarayonlari va o‘qish tizimi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

💡 Professor-o‘qituvchilar tomonidan berilgan tushuntirishlar o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otib, ularning kelajak rejalari shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi.

📝 Tadbir davomida universitet mutaxassislari tomonidan sinov imtihoni ham tashkil etilib, o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash va ularni xalqaro talablarga mos tayyorlashga xizmat qildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *