“Payshanba – yoshlar kuni” doirasida IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari Viloyat IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida o‘quvchilar soha faoliyati, zamonaviy xizmatlar hamda fuqarolarga yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan yoshlarga migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish tartiblari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shundan so‘ng o‘quvchi-yoshlar voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. Markazda yoshlar bilan olib borilayotgan profilaktik ishlar hamda ularga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar haqida tushunchalar berildi.


Tashrif davomida o‘quvchilar viloyat tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadiga tashrif buyurishdi, u yerda olib borilayotgan faoliyat bilan yaqindan tanishdilar. Ularga otryadning asosiy vazifalari, xizmat jarayonlarining o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, o‘quvchilar maxsus texnika, zamonaviy jihozlar hamda xizmatda qo‘llaniladigan turli vositalarni ko‘zdan kechirib, ularning ishlash tartibi bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Bu kabi amaliy tashriflar yoshlarda ichki ishlar tizimiga nisbatan qiziqish va intilishlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.



