2026-yil 9-aprel kuni IIV Sirdaryo akademik litseyining faollar zalida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
👨🏫 Tadbir Huquqiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi boshlig‘i, t.f.n. U.A.Qlichev, tarix fani o‘qituvchilari Sh.Xoliqulov va S.Islomovalar tashabbusi bilan o‘tkazildi.
👥 Tadbir mehmonlari sifatida “Adolat” SDP Sirdaryo viloyat Kengashi raisi Jamol Komilov hamda partiyaning Sirdaryo tuman Kengashi raisi, viloyat Kengashi deputati Salohiddin Elmurodov ishtirok etdilar.
🎓 Tadbir davomida Amir Temurning buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda sifatidagi faoliyati, uning markazlashgan davlat barpo etishdagi xizmatlari hamda boy tarixiy merosi haqida mazmunli fikrlar bildirildi.




