Sirdaryo viloyatidagi Ichki ishlar vazirligiga qarashli akademik litseyda o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy ta’lim sharoitlari va imkoniyatlar navbatdagi o‘rganish obyekti bo‘ldi.
⚖️Mazkur jarayonda “Adolat” SDP Sirdaryo viloyati Kengashi raisi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Jamol Komilov, IIV akademik litseyi rahbari, polkovnik F.Ortiqboyev hamda tuman Kengashi raisi Salohiddin Elmurodov ishtirok etdi. O‘rganish ishlari davomida quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:
O‘quv xonalarining jihozlanishi: Nazariy bilimlarni egallash uchun yaratilgan texnik bazaning holati
Ma’naviy-ma’rifiy muhit: Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ishlar.





Yotoqxona va oshxona sharoitlari: O‘quvchilarning yashash va ovqatlanish tartibi, sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi.
Deputat Jamol Komilov o‘rganish davomida pedagogik jamoa va o‘quvchilar bilan muloqot qilib, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda kelajakda Ichki ishlar tizimi uchun munosib kadrlar tayyorlash borasida o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

