Joriy yilning 9-aprel sanasida Mirzaobod tumani 25-maktabining 8- va 11-sinf o‘quvchilari uchun mazmunli ochiq dars o‘tkazildi.
👩🏫 Dars IIV Sirdaryo akademik litseyi “Tillarni o‘rganish” kafedrasi boshlig‘i, PhD Malika Mansurova tomonidan “Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlikning samarali usullari” mavzusida olib borildi.
📝 Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga imtihon tuzilishi, baholash mezonlari hamda testlarni samarali bajarish usullari haqida batafsil tushuntirish berildi. Shuningdek, interaktiv metodlar va amaliy mashg‘ulotlar orqali bilimlar mustahkamlandi.


💡 O‘quvchilar darsda faol ishtirok etib, test yechish strategiyalari, matn bilan ishlash va vaqtni to‘g‘ri taqsimlash bo‘yicha muhim tavsiyalarga ega bo‘ldilar.
✨ Ushbu ochiq dars o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda milliy sertifikat imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlariga xizmat qildi.



