⚖️Mazkur tadbirda “Adolat” SDP Sirdaryo viloyati Kengashi raisi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Jamol Komilov, IIV akademik litseyining ma’naviy va tarbiyaviy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, kapitan Xusniddin Pardanov hamda tuman Kengashi raisi Salohiddin Elmurodov ishtirok etdilar.



Tadbirda Amir Temurning boy tarixiy merosi, uning davlat boshqaruvidagi yuksak salohiyati, harbiy san’atdagi mahorati hamda milliy davlatchiligimiz taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida atroflicha fikr yuritildi. So‘zga chiqqanlar Sohibqiron Amir Temur siymosi yosh avlod uchun mardlik, jasorat, vatanparvarlik va adolat timsoli ekanligini alohida ta’kidladilar.
Bayram dasturi davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan turli sahna chiqishlari va badiiy chiqishlar namoyish etilib, buyuk bobomizning hayoti va adolatli boshqaruvi yuksak mahorat bilan aks ettirildi. Tadbir yakunida esa bilim va jamoat ishlarida o‘zini ko‘rsatgan, shuningdek, kechani tashkil etishda faol qatnashgan o‘quvchilar munosib taqdirlandilar.




