30-mart kuni I va II-juftliklarda Huquqiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan olib borilgan dars mashg‘ulotlari kompleks pedagogik tahlil asosida o‘rganildi.
👨🏫 Xususan:
J.Ibragimov tomonidan fuqarolik huquqi fanidan “Fuqarolarning mulkiy va nomulkiy huquqlari” mavzusidagi dars mashg‘uloti,
S.Ibrohimov tomonidan kasbiy fan doirasida “Ishlarning nomenklaturasi” mavzusidagi mashg‘ulot atroflicha tahlil etildi.
🎓 Tahlil jarayonida darslarning ilmiy-metodik asoslari, mavzuning ochib berilish darajasi, o‘qituvchilarning pedagogik mahorati, qo‘llanilgan zamonaviy ta’lim texnologiyalari hamda o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari chuqur o‘rganildi.
💡 Shuningdek, mashg‘ulotlarda interfaol metodlardan foydalanish samaradorligi, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga yo‘naltirish darajasi hamda ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish masalalari yuzasidan asoslantirilgan tavsiyalar berildi.
🧠 Pedagogik tahlil davomida darslarning kuchli jihatlari bilan bir qatorda, ularni yanada takomillashtirishga qaratilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.
✅ Mazkur tahlil ishlari ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda dars jarayonlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etishga xizmat qiladi.




