IIV Sirdaryo akademik litseyi hamda Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari izchil davom etmoqda.

🎓 Mazkur hamkorlik doirasida akademik litsey o‘qituvchilari ishtirokida Pedagogik mahorat markazining Tillar, pedagogika va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi o‘qituvchilari — psixologiya fanlari bo‘yicha PhD O.Shirinov hamda tarix fanlari bo‘yicha PhD B.Elmurodov tomonidan “O‘qituvchilarda emotsional toliqishning oldini olish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

💡 Seminar davomida o‘qituvchilarda kasbiy faoliyat jarayonida yuzaga keladigan emotsional zo‘riqish va toliqishning sabablari, uning oldini olish yo‘llari hamda samarali psixologik yondashuvlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

🧠 Shuningdek, trening jarayonida ishtirokchilar bilan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, stressni boshqarish, ijobiy muhitni shakllantirish va kasbiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan tavsiyalar berildi.

✅ Mazkur seminar-trening o‘qituvchilarning psixologik barqarorligini mustahkamlash, kasbiy faoliyat samaradorligini oshirish hamda sog‘lom ish muhitini yaratishga xizmat qildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *