Joriy yilning 6-mart kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan qizlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
💪 Musobaqa ko‘tarinki ruhda va qizg‘in bahslar ostida bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarining jamoaviyligi, chaqqonligi va sport mahoratini namoyon etdilar.
🌷 Mazkur sport tadbiri o‘quvchi-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda bayram kayfiyatini yanada ko‘tarishga xizmat qildi.




