Ustozlarining samarali mehnati va o‘quvchilarning izchil sa’y-harakatlari natijasida IIV Sirdaryo akademik litseyi o’quvchilari navbatdagi yutuqqa erishmoqda.

✅Litseyning 2 nafar o‘quvchisi fizika fanidan Milliy sertifikatni muvaffaqiyatli qo‘lga kiritdi.

📚 Bu natija o‘quvchilarning chuqur bilimga ega ekanligi, ustozlarining puxta tayyorgarligi va doimiy qo‘llab-quvvatlashi samarasi ekanini yana bir bor namoyon etdi.

📚 Mazkur yutuq litsey jamoasi uchun katta faxr va motivatsiya bo‘ldi.

👏O‘quvchilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz va kelgusida yanada yuksak marralarni zabt etishlarini tilaymiz!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *