Joriy yilning 12-fevral sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyida Sirdaryo tumanidagi 13-maktab 9-sinf o‘quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
🏫 Tadbir davomida mehmonlar litsey hududi, o‘quv xonalari va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
📚 Ularga ta’lim jarayoni, yo‘nalishlar hamda kirish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🤝 O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, litsey hayoti haqida kengroq tasavvurga ega bo‘ldilar.
Mazkur tashrif yoshlarning kelajakdagi ta’lim yo‘lini tanlashida muhim ahamiyat kasb etadi.




