Joriy yilning 10-fevral sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyida Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi Rasulova Nilufar tomonidan 106-guruh o‘quvchilari uchun “HTML asoslari: matn, rasmlar va havolalar” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

🌐 Dars davomida o‘quvchilar HTML tilining asosiy teglaridan foydalanish, matnlarni formatlash, rasmlar joylashtirish hamda havolalar yaratish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

✨ Ochiq dars zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida, interaktiv usullarda tashkil etilib, o‘quvchilarning axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *