Tarix fani o‘qituvchisi Islamova Sayyora tomonidan 105-guruhda
“Amir Temurning davlat chegaralarini mustahkamlashi” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
🎓 Ochiq dars davomida Amir Temur davlatchiligi, uning harbiy-siyosiy faoliyati hamda davlat chegaralarini himoyalash va mustahkamlash borasida olib borgan strategik siyosati tarixiy manbalar asosida yoritildi.
💡 Mashg‘ulot jarayonida zamonaviy ta’lim talablariga mos interfaol metodlar, savol-javoblar va muhokamalar orqali o‘quvchilarning darsdagi faolligi ta’minlandi.




