Joriy yilning 4-fevral sanasida mazkur tadbirlar doirasida IIV Sirdaryo akademik litseyining 2-kurs o‘quvchilari bilan bosh prokuratura departamenti Sirdaryo tumani bo‘limi boshlig‘i Mamatqulov Hasan Baxtiyorovich ishtirokida Huquqni muhofaza qilish Akademiyasiga 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul boshlanganligi munosabati bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
🗣 Uchrashuv davomida:
Huquqni muhofaza qilish Akademiyasiga qabul tartibi;
Kirish imtihonlari va talablar;
Ta’lim jarayoni hamda kursantlar hayoti;
Kelgusidagi xizmat faoliyati imkoniyatlari
haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
❓ Ochiq muloqot jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq va tushunarli javoblar oldilar. Ushbu targ‘ibot tadbiri yoshlarning huquqni muhofaza qilish sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.




