Joriy yilning 24-yanvar sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyi 1-2- kurs o‘quvchi qizlar ishtirokida IIV Akademiyasi 1-kurs kursanti Vadiyarova Mohidil bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
🗣 Suhbat davomida:
🎓 IIV Akademiyasiga kirish tartibi
🏫 Akademiya hayoti va ichki muhit
📚 O‘quv jarayonlari va kursantlar kundalik hayoti yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
❓ O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, amaliy va foydali javoblar oldilar. Ushbu uchrashuv o‘quvchilarning kelajakdagi kasbiy yo‘nalishini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etdi.




