IIV Akademiyasining Ma’muriy faoliyat kafedrasi tomonidan IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari ishtirokida
“Ekstremizmga qarshi kurashish faoliyati” mavzusida ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi.


📚 Mashg‘ulot davomida ekstremizmning mohiyati, uning jamiyat va yoshlar hayotiga salbiy ta’siri, shuningdek, ushbu xavfli illatga qarshi kurashishning huquqiy va tashkiliy mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
💬 O‘quvchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan atroflicha javoblar oldilar.
✅ Tadbir yoshlar ongida huquqiy bilimlarni mustahkamlash, ogohlik va mas’uliyat hissini oshirishga xizmat qildi.



