14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi munosabati bilan
🎖 “Milliy armiyamiz — Yangi O‘zbekiston poydevori” mavzusida ta’lim muassasasida davra suhbati hamda uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
🤝 Tadbirda fan, ta’lim, madaniyat va ijtimoiy soha vakillari ishtirok etib, yoshlar bilan samimiy muloqot olib borildi. Uchrashuvdan asosiy maqsad — o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, milliy armiyamizga bo‘lgan hurmat va faxrni yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.
👨✈️ Tadbirda faxriy mehmonlar sifatida:
🪖 Iste’fodagi mayor Ro‘ziyev Timur Nabiyevich
🪖 Iste’fodagi kapitan, Afg‘on urushi qatnashchisi Qaxxorov Bahodir Anvarovich
🪖 Iste’fodagi podpolkovnik Ibragimov Jaloliddin Jamoliddinovich
ishtirok etib, o‘zlarining hayotiy tajribalari, harbiy xizmat yillari va Vatanga sadoqat haqida qimmatli fikrlar bilan o‘rtoqlashdilar.
✨ Uchrashuv so’ngida, mehmonlarga bayram munosabati bilan estalik sovg’alar topshirildi.




