Joriy yilning 15-dekabr kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida
“Raqamli xavfsizlik faqat texnologiya emas — bu ishonch, bilim va jasorat masalasi” mavzusida qizlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
👩💻 Yig‘ilish davomida qizlar raqamli xavfsizlik sohasida faqatgina ishtirokchi bo‘lib qolmasdan, balki o‘zgarishlarning yetakchisi bo‘lishlari bugungi kunning muhim talabi ekani alohida ta’kidlandi.
🤝 Shuningdek, WinTech Learning Hub va GradeBuilder hamkorligida,
Women in Tech Uzbekistan qo‘llab-quvvatlovi bilan tashkil etilgan
“Raqamli Xavfsizlik Kursi” haqida batafsil ma’lumot berildi.



📚 Mazkur kurs orqali qizlar:
🌐 internetda xavfsiz harakatlanish,
🔒 onlayn makonda o‘zini ishonchli his qilish,
⚠️ firibgarlik va kiberzo‘ravonlikni aniqlash,
🛡️ onlayn tahqirlash va zo‘ravonlikka qarshi kurashish
bo‘yicha muhim bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari qayd etildi.



