Joriy yilning 16-dekabr kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida sportning voleybol turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri kubogi musobaqalarida munosib ishtirok etgan, shuningdek litsey miqyosida o‘tkazilgan sport musobaqalari, “Zakovat” intellektual o‘yinlari va turli viktorinalarda yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida o‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Faolligi va yutuqlari bilan ajralib turgan o‘quvchilar diplomlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Mazkur tadbir litsey o‘quvchilarini yangi yutuqlarga ruhlantirish, ularning ijtimoiy faolligi va raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *