Bugungi kunda yurtimizda xorijiy tillarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Til bilimi — bu zamonaviy dunyoda mustahkam poydevor, keng imkoniyatlar eshigi va shaxsiy taraqqiyot kafolatidir.

IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quv markazi o‘quvchilari ham ushbu yo‘nalishda yutuqlarga erishmoqda. Xususan, bir guruh o‘quvchilar ingliz tili fanidan MILLIY SERTIFIKATni qo‘lga kiritib, bilim va intilishlari orqali o‘z imkoniyatlarini kengaytirishdi.

Shu jumladan, litseyimizning 107-guruh o‘quvchisi Allamuradov Jumaboy 1-kurs o‘quvchisi bo‘lishiga qaramay, C1 darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritganligi alohida e’tirofga loyiqdir. Ushbu natijalar, shubhasiz, o‘quvchi-yoshlarimizning bilimga bo‘lgan qiziqishi, mehnatsevarligi va intilishining samarasidir.

Sertifikat olgan barcha o‘quvchilarimizni chin yurakdan tabriklaymiz va ularga kelgusida ham ulkan zafarlar tilaymiz!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *