Joriy yilning 11-dekabr sanasida
IIV Sirdaryo akademik litseyi huquqiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi boshlig‘i U.A. Qlichev tomonidan Shirin shahar 1 va 3-maktablarida targ‘ibot ishlari o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi – maktabning yuqori sinf o‘quvchilarini IIV Sirdaryo akademik litseyiga jalb qilish, ularni huquqiy yo‘nalish va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘qish imkoniyatlari bilan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

Targ‘ibot davomida quyidagi masalalar yoritib berildi:

Litseyga hujjatlar topshirish tartibi

O‘qish jarayoni, darslar tizimi va intizom qoidalari

Bitiruvchilarga beriladigan imkoniyatlar

Huquqiy bilimlarni chuqurlashtirish yo‘nalishlari

O‘quvchilar tomonidan ko‘plab savollar berildi va ularga batafsil javoblar taqdim etildi. Tadbir yuqori sinf o‘quvchilarining qiziqish uyg‘otgan holda, samarali tarzda yakunlandi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *