8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan
IIV Sirdaryo akademik litseyida tantanali Davlat bayrog‘ini ko‘tarish marosimi o‘tkazildi.
🎙 Marosimda:
Konstitutsiyaning davlatimiz hayotidagi o‘rni,
Huquqlar va burchlarning mazmuni,
Yoshlarning Vatan oldidagi mas’uliyati
haqida ma’rifiy ma’ruzalar tinglandi.
🎓 Litsey o‘quvchilari ushbu muhim sananing ahamiyatini chuqur his etib, Vatanga sadoqat, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalandi.




