Joriy yilning 5-dekabr sanasida Sirdaryo viloyati IIB MMI va KBTX mas’ul xodimlari ishtirokida IIV Sirdaryo akademik litseyining bitiruvchi kurs o‘quvchilari bilan navbatdagi tushuntirish uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilarga:
IIV Akademiyasiga qabul qilish tartibi,
hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish bosqichlari,
tibbiy ko‘rikdan o‘tish jarayonlari,
test va jismoniy tayyorgarlik me’yorlari
batafsil tushuntirib berildi.
Mutaxassislar o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berib, hujjat topshirish jarayonida yo‘l qo‘yilmasligi kerak bo‘lgan xatolar haqida ham amaliy tavsiyalar berdilar.
Ushbu uchrashuv bitiruvchi kurs o‘quvchilari uchun kelajakdagi kasbiy yo‘nalishni aniq belgilashda muhim o‘rin tutdi.




