Joriy yilning 25-noyabr sanasida Guliston shahridagi 7-, 9- va 11-maktablarda IIV Sirdaryo akademik litseyiga o‘qishga kirish jarayonlari bo‘yicha keng qamrovli targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbir davomida litsey vakillari o‘quvchilarga:
🔹 Litseyga qabul qilish tartibi va bosqichlari
🔹 Kirish imtihonlarining shakli va baholash mezonlari
🔹 O‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar
🔹 Bitiruvchilarning yutuqlari va istiqbollari
borasida batafsil ma’lumotlar berishdi.
Tadbir davomida o‘quvchilarning savollariga javob berilib, litseyda ta’lim olishning ustun jihatlari, tartib-intizom, ma’naviy muhit va kelajak kasb tanlashga qo‘shiladigan hissasi keng yoritib berildi.
O‘tkazilgan targ‘ibot ishlari o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otib, ko‘pchilik litsey faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda kelgusida o‘qishga topshirish istagini bildirdi.




