Joriy yilning 25.11.2025 sanasida 108-guruhda 2-juftlik davomida “Improving Integrated Language Skills” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Ochiq darsning asosiy maqsadi — o‘quvchilarning tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish kabi integrallashgan til ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularda mustaqil fikrlashni kuchaytirish hamda kommunikativ yondashuv asosida bilimlarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.


Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar interaktiv topshiriqlarni bajarish, matn bilan ishlash, juftlik va guruhli faoliyatlarda ishtirok etish orqali mavzuni amaliy o‘zlashtirishdi.
Ochiq dars yuqori saviyada o‘tdi va o‘quvchilarning faolligi, nutqiy ko‘nikmalaridagi o‘sish hamda mavzuga bo‘lgan qiziqishi kuzatildi.

