Joriy yilning 25-noyabr sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyi psixologi X. Azizova tomonidan birinchi bosqich o‘quvchilari ishtirokida “O‘quv mashg‘ulotlariga bo‘lgan qiziqishni oshirishning psixologik motivlari” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.
Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘quvchilarda dars jarayoniga bo‘lgan qiziqish va motivatsiyani kuchaytirish, faol o‘rganishga yo‘naltirish hamda jamoada sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga:
o‘z-o‘zini motivatsiya qilish usullari,
samarali o‘qish strategiyalari,
guruhda ijobiy muhit yaratish tamoyillari,
stressni boshqarish bo‘yicha psixologik tavsiyalar berildi.
Trening o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va ular faol ishtirok etishdi. Ushbu tadbir ularning o‘qishga bo‘lgan munosabatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.




