Joriy yilning 24-noyabr sanasida Olimpiadaning III (viloyat) bosqichi doirasida, tuman bosqichida yuqori natija ko‘rsatgan iqtidorli 9-sinf o‘quvchilarini IIV Sirdaryo akademik litseyiga jalb etish maqsadida Cоffee Break formatidagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
☕️ Tadbirning asosiy maqsadi — akademik litseyda yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirish, iqtidorli o‘quvchilarni litseyga o‘qishga qiziqtirish va yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi.
🔎 Targ‘ibot jarayonida:
litseyga kirish imtihonlari tartibi,
o‘quv jarayoni va ta’lim tizimi,
o‘quvchilarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
👥 Shuningdek, Olimpiada o‘tkazilayotgan Guliston shahar 5-sonli umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari bilan ham targ‘ibot ishlari olib borildi. Ular uchun ham litsey faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari va qabul jarayoni yuzasidan tushuntirishlar berildi.




