Joriy yilning 22-noyabr sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyida Ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Tadbir doirasida Sayxunobod tumani 32-maktabning amaliyotchi psixologi U.Ashirov tomonida 9-sinf o‘quvchilari litsey faoliyati, o‘quv jarayoni va mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishish uchun tashrif buyurishdi
Mehmon o‘quvchilarga litseyning yo‘nalishlari, o‘quv dasturlari, zamonaviy dars xonalari hamda o‘quvchilarga yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.



Shuningdek, ularga o‘quvchilarning kundalik dars jarayonlari, sport maydonchalari, kutubxona, axborot texnologiyalari xonalari va yotoqxona sharoitlari tanishtirildi.
Tadbir samimiy suhbatlar, savol-javoblar va qiziqarli taqdimotlar bilan davom etdi. O‘quvchilar litseyga katta qiziqish bildirishdi va kelgusida ushbu maskanda ta’lim olish istagini izhor etishdi.

