Davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan IIV Sirdaryo akademik litseyi Huquqiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi bosh o‘qituvchilari R. Shaymatov va Sh. Xoliqulovlar tomonidan Mirzaobod tumani 25-umumta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Bayrog‘im — faxrim” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ining ahamiyati, tarixiy mazmuni va ramziy ma’nolari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi va faolligini oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

O‘quvchilar o‘yinda faol ishtirok etib, o‘z bilim va dunyoqarashlarini namoyish etdilar. Tadbir yakunida ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *