O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024-yil 18-sentabrdagi 05/1-3053-son topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari tomonidan navbatdagi ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi.

🌱 Tadbir doirasida 400 dona tut ko‘chati Sirdaryo tumani Istiqbol mahallasi hududida joylashgan “Xoldor Xolyor Elyor” fermer xo‘jaligi dala cheti bo‘ylab ariq yoqasiga ekildi.

🔧 Ekilgan ko‘chatlarni parvarish qilish, sug‘orish va kuzatib borish bo‘yicha mas’ullar belgilandi hamda doimiy nazorat tizimi yo‘lga qo‘yildi.

🌍 Ushbu ezgu tashabbus ekologik vaziyatni yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish va o‘quvchilarda tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *