Joriy yilning 13 noyabr sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyida “Tillarni o‘qitish” kafedrasi o‘qituvchisi Djo’rayeva Sevinch tomonidan ingliz tili Multi-Level imtihoniga tayyorlanayotgan o‘quvchilar uchun diagnostik imtihon tashkil etildi.

Ushbu imtihonning asosiy maqsadi:
📌 O‘quvchilarning mavjud bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish
📌 Imtihondan oldin o‘z ballarini aniqlash imkoniyatini yaratish
📌 Haqiqiy imtihon muhitini his qilish orqali tayyorgarlik darajasini oshirish

📝 Diagnostik imtihon o‘quvchilarning o‘z ustida ishlashini rag‘batlantirish va keyingi o‘quv jarayonida samarali tayyorgarlik ko‘rish uchun muhim vosita bo‘ldi.

💡 Bu kabi mashg‘ulotlar o‘quvchilarda bilimni mustahkamlash, o‘z imkoniyatlarini baholash va imtihonlarga tayyorgarlikni yanada samarali qilishga xizmat qiladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *