Joriy yilning 14 noyabr kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida o‘quvchilar o‘rtasida TED Talk tadbiri tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish, ijodiy fikrlash qobiliyatini oshirish hamda zamonaviy mavzularda o‘z nutqlarini ishonch bilan ifoda etish imkoniyatini yaratishdan iborat bo‘ldi.

Maxsus mehmon sifatida TED Talk tadbirlarini olib boruvchi professional spiker tadbirga tashrif buyurdi. U o‘quvchilarning chiqishlarini diqqat bilan kuzatib foydali tavsiyalar berdi.

Shuningdek, xalqaro toifadagi ingliz tili o‘qituvchisi Jamol Tursunboyev barcha ishtirokchilarga professional feedbacklar taqdim etdi va faol ishtirok etgan o‘quvchilarni taqdirlash va rag‘batlantirish maqsadida sovg‘alar bilan mukofotladi.

Ushbu tadbir litseyimiz o‘quvchilarining sahna tajribasini oshirish, ijtimoiy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda o‘z fikrini erkin va aniq ifoda etish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *