O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi hamda
11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan
IIV Sirdaryo akademik litseyida
2025-yil 14-noyabr kuni o‘qituvchilar o‘rtasida sportning voleybol va shaxmat turlari bo‘yicha
“Direktor kubogi” sport musobaqasi tashkil etildi.
Voleybol musobaqasi
Musobaqa davomida o‘qituvchilar jipslik va hamkorlik ko‘nikmalarini namoyish etib, do‘stona raqobat muhitida o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.


Shaxmat musobaqasi
Strategiya va diqqatni talab qiladigan ushbu yo‘nalishda o‘qituvchilar aql-idrok va tezkor qaror qabul qilish qobiliyatini namoyish etdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi — litsey jamoasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, o‘qituvchilar o‘rtasida do‘stona raqobatni kuchaytirish va jamoaviy ruhni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.



