O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvar kunidagi PQ-17-sonli qarori —
“Raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish sohasi uchun professional kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” asosida

IIV Sirdaryo akademik litseyida tashkil etilgan Axborot xavfsizligi yo‘nalishi 108-guruhining barcha o‘quvchilari

Huawei ICT Academy onlayn ta’lim platformasida Network Security (Tarmoq xavfsizligi) kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi.

Shuningdek, litseyimizning 1 va 2-bosqichdan 100 nafar o‘quvchisi IT sohasi bo‘yicha COURSERA sertifikatlariga ega bo‘ldi. 🎓

Ushbu yutuqlar o‘quvchilarimizning raqamli texnologiyalarni chuqur o‘rganishdagi intilishlarini va zamonaviy IT sohasidagi tayyorgarlik darajasini yaqqol ko‘rsatadi.

Litsey jamoasi nomidan barcha o‘quvchilarni samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatlarida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *