📘 2025-yil 11-noyabr kuni IIV Sirdaryo akademik litseyi Majlislar zalida “Tillar” kafedrasi o‘qituvchisi Tursunboyev Jamol tomonidan “Ingliz tilini tezroq va osonroq o‘rganish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

🎯 Seminar-treningning asosiy maqsadi — o‘quvchilarda xorijiy tillarni, ayniqsa ingliz tilini o‘rganishda samarali yondashuvlarni shakllantirish, mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda foydali maslahatlar berishdan iborat bo‘ldi.

📚 Tadbir davomida ingliz tilini o‘rganish jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, samarali tayyorlanish usullari, zamonaviy o‘quv metodlari hamda til o‘rganishdagi motivatsiyaning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, ingliz tili va boshqa umumta’lim fanlaridan sertifikatlarga ega bo‘lgan o‘quvchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, tayyorgarlik jarayonida e’tibor berilishi zarur bo‘lgan muhim omillar haqida fikr bildirdilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *