💻 2025-yil 11-noyabr kuni IIV Sirdaryo akademik litseyi “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchisi Rasulova Nilufar tomonidan 106-guruhda “MS Excel dasturi va uning imkoniyatlari” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

Darsning asosiy maqsadi o‘quvchilarda MS Excel dasturidan foydalanish, jadval tuzish, formulalar bilan ishlash va ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

📊 Mashg‘ulot davomida o‘qituvchi “Blits so‘rov”, “Aqliy hujum” va “Debat” metodlaridan samarali foydalandi. Ushbu interaktiv yondashuvlar o‘quvchilarning faolligini oshirib, ularni mustaqil fikrlash va o‘z fikrini asoslab ifodalashga undadi.

💬 Dars jarayonida o‘quvchilar Excel dasturida turli amaliy topshiriqlarni bajarib, o‘z bilimlarini mustahkamlashdi. Shuningdek, guruhlar o‘rtasida tashkil etilgan muhokamalar va savol-javoblar darsning mazmunan boy va samarali o‘tishiga xizmat qildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *