Joriy yilning 10-noyabr kuni Tarix fani o‘qituvchisi Shaymatov Rustam tomonidan 104-guruhda “Qarluqlar, O‘g‘uzlar, Tohiriylar” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
🧭 Dars mashg‘uloti uch bosqichda tashkil etilib, avval Vatanimiz va jahonda ro‘y berayotgan yangiliklar haqida ma’lumot berildi hamda o‘tilgan mavzular yuzasidan o‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkazildi.


🎥 Darsning asosiy qismida yangi mavzu taqdimot orqali yoritilib, unda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanildi. Shuningdek, mavzuga oid videofilm namoyish etilib, asosiy tushuncha va atamalar batafsil tushuntirildi.
💡 O‘qituvchi dars davomida “Aqliy hujum”, “Klaster” va “Yalpi fikriy hujum” kabi interaktiv metodlardan foydalandi.
👏 Mazkur metodlarning qo‘llanilishi o‘quvchilarning mavzuni chuqurroq o‘zlashtirishiga, muloqot va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishiga xizmat qildi.



