O‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, tarixiy xotira va vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish maqsadida joriy yilning 3-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyining 1-bosqich o‘quvchilari uchun amaliy sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida o‘quvchilar Guliston shahrida joylashgan “Xotira” maydoniga tashrif buyurib, yurt xotirasiga hurmat va minnatdorlik ifodasi sifatida gulchambar qo‘yish marosimida ishtirok etdilar. Shuningdek, ular Sirdaryo viloyati IIB muzeyida bo‘lib, ichki ishlar organlarining tarixi, faoliyati hamda fidoyi xodimlar haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishdilar.

Tashrif yakunida o‘quvchilar Sirdaryo viloyati IIB kutubxonasida bo‘lib, undagi boy adabiy meros va zamonaviy nashrlar bilan yaqindan tanishishdi.

Mazkur tadbir yoshlarning tarixga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘usi va ichki ishlar tizimi faoliyatiga qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *