Joriy yilning 31-oktyabr kuni Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari tomonidan “Tozalik va ozodalik oyligi” doirasida Sirdaryo tumanidagi “O‘zbekiston–Xitoy” do‘stlik bog’ida keng ko‘lamli tozalash ishlari amalga oshirildi.
🇺🇿 Mazkur tadbir yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 14-oktabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda ilgari surilgan tashabbus — mahallalarda ozodalikni ta’minlash hamda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” g‘oyasini amalda qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.


Tadbir davomida o‘quvchilar bog’ hududini chiqindilardan tozalab, atrof-muhitga e’tiborli bo‘lish zarurligi haqida targ‘ibot olib bordilar.
✅ Bunday tashabbuslar yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish, tozalikni qadrlash va o‘z yashash joyiga mas’uliyat bilan yondashish tuyg‘usini rivojlantirishga xizmat qiladi.




