Joriy yilning 24-oktyabr sanasida Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyida “Aniq va tabiiy” fanlar kafedrasi o’qituvchisi Rustamov Bobir tomonidan matematika va fizika fanidan bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida sinov imtihoni o‘tkazildi.

📌 Tadbirning asosiy maqsadi — o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash, ularda imtihon jarayoniga nisbatan mas’uliyat va tayyorgarlikni oshirishdan iborat bo‘ldi

✅ Sinov davomida o‘quvchilar matematika va fizika fanlaridan 35 ta ochiq va 10 ta yopiq testlardan iborat topshiriqlarini bajarishdi. Natijalar tahlili ularning o‘zlashtirish darajasini ko‘rsatib, kelgusi darslarda o‘quv jarayonini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Bunday sinov imtihonlari o‘quvchilarning mas’uliyatini oshirish hamda ularni milliy sertifikat imtihoniga puxta tayyorlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *