Joriy yilning 21-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Sirdaryo akademik litseyida O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan bayramona tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan she’r va qo‘shiqlar ijro etildi, xalq o‘yinlari, sahna ko’rinishlar, tez aytish hamda maqol aytish musobaqalari tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘z iqtidorlarini namoyish etib, o‘zbek tilining go‘zalligi, boy ifoda imkoniyatlari va xalq og‘zaki ijodining qadriyatlarini yuksak darajada aks ettirdilar.

Tadbir jarayonida o‘qituvchilar tomonidan o‘yin va musobaqalarning til va nutq madaniyatini rivojlantirishdagi ahamiyati, shuningdek, o‘z ona tilini chuqur o‘rganish va e’zozlash zarurligi ta’kidlab o‘tildi.

Mazkur tadbir o‘quvchilarda o‘zbek tiliga bo‘lgan mehr va hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, ularning nutq madaniyatini yuksaltirish va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *