2025-yil 20-oktyabr kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida o‘quv yili davomida yuqori natijalarga erishgan, fan hamda sport yo‘nalishlarida muvaffaqiyat ko‘rsatgan o‘quvchilarni rag‘batlantirish maqsadida tantanali taqdirlash tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda litsey direktori polkovnik F.Q.Ortiqboyev o‘quvchilarning mehnati va erishgan yutuqlarini e’tirof etib, ularni faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi. Shuningdek, farzandlarining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shgan ota-onalarga minnatdorchilik bildirilib, ramziy sovg‘alar topshirildi.

Sport musobaqalarida faxrli o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar ham alohida e’tirof etildi. Bunday tadbirlar o‘quvchilarni yanada faol, bilimga chanqoq va yuksak marralarni zabt etishga intiluvchi shaxslar bo‘lib shakllanishiga xizmat qiladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *