Joriy yilning 17-oktyabr kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida bitiruvchi o‘quvchilarni Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga maqsadli tayyorlash, ularning ingliz tili bo‘yicha bilim darajasini aniqlash va kelgusidagi tayyorgarlik jarayonini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida diagnostik test sinovi o‘tkazildi.


Test sinovi orqali o‘quvchilarning ingliz tilidagi grammatik bilimlari hamda so‘z boyligi baholandi. Ushbu tadbir natijalari asosida har bir o‘quvchining yil davomida individual rivojlanish yo‘nalishi belgilab olinadi.
Bu kabi tashabbuslar bitiruvchi o‘quvchilarning bilim saviyasini oshirish, ularni oliy o‘quv yurtlariga muvaffaqiyatli kirish uchun puxta tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.



