Joriy yilning 7–12-oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan kikboksing bo‘yicha jahon chempionatida IIV Sirdaryo akademik litseyi 104 -guruh o‘quvchisi Ikromjonov G’ururbek 13–15 yosh toifasida, 63 kg vazn kategoriyasida munosib ishtirok etib, ushbu sport turining Point Fighting, Musical Form, Kick-light, Light-contact, Low-kick, K-1, Full-contact yo’nalishlari bo‘yicha faxrli 2-o‘rinni; litseyning 101-guruh o‘quvchisi Mirzayev Jamshid esa ushbu yo‘nalish bo‘yicha 16-18 yosh toifasi, 57 kg vazn kategoriyasida munosib ishtirok etib,  faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ushbu yutuq — sportchilarimizning mehnatsevarligi, qat’iyati va kuchli irodasining samarasidir. O‘quvchilarimiz Ikromjonov G’ururbek va  Mirzayev Jamshidga kelgusi musobaqalarda ham yangi zafarlar va yutuqlar tilaymiz!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *