Joriy yilning 8-oktabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi IIV Sirdaryo akademik litseyida, litsey psixologi Azizova Xumora tomonidan 2-bosqich o‘quvchilar o‘rtasida “Kasbiy yo‘nalganlik motivlari” mavzusida psixologik test o‘tkazildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — bitiruvchi o‘quvchilarning kasb tanlashga bo‘lgan munosabatini aniqlash, ularning o‘quv motivlarini o‘rganish hamda tanlagan sohasiga nisbatan psixo-emotsional bahosini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Psixologik so‘rovnoma davomida o‘quvchilarga o‘z qiziqishlari, qobiliyatlari va kasbiy yo‘nalishlarini chuqurroq anglash imkoniyati yaratildi. Tadbir yakunida olingan natijalar asosida o‘quvchilarga individual tavsiyalar berilib, ularning kelgusidagi kasbiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilashga yordam ko‘rsatildi.
Ushbu psixologik tadbir o‘quvchilarda o‘z kasbiga nisbatan mas’uliyatli yondashuvni shakllantirish va ongli ravishda kasb tanlash jarayoniga xizmat qiladi.



